Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Liverpul muxlislari sayti- Liverpul.net
Nomaxram ayollarga qarashlikdan qanday o'zimizni tiyamiz?
MUHARRIR: Admin

11 IYUL, 21:25 / KO'RILDI: 61

Nomahram ayollarga qarashlik zararlari haqida:  - Xotirani zaiflashtiradi.  - Taqvoni ozaytiradi.  - Namozda xushu yo'qoladi.  - Ibodatda sustkashlikni keltirib chiqaradi. - Begona ayollarga qancha ko'p qarasa shuncha o'zini ayoli unga ko'rimsiz bo'lib ko'rinaveradi. (agarchi ayoli go'zal bo'lsa ham) - Behayo qizlarni ko'payishiga sabab bo'ladi. (Agar erkaklar behayo qizlarga qaramasa, yomon ko'rsa shunaqa qizlar ko'paymaydi.)

✅ Nomahramlarga ko'zi ketib qoluvchilarga tavsiyalar: 

- Birinchidan imkoniyati bo'lsa kechiktirmay uylansin. Uylanmagan yigitlarni ichida o't bo'ladiki uni faqat uylanganida ayoli o'chiradi. U o'chmaguncha yigitning ko'zlari o'ynab turadi.

- Agar uylanishga qurbi etmasa Ro'za tutsin. Ro'za shaxvatni ozayishiga sabab bo'ladi. Shaxvat ozaysa qarashlikka bo'lgan vas-vasaga zaiflaydi.

- Iflos lazzatni chiroyli ko'rsatib Shayton bittagina qaragin deb, vas-vasa qilib qaratmoqchi bo'lgan ayoldanda yaqinroqda Alloh uni kuzatib turganini tafakkur qilsin.

- U qizga qaragani bilan nafsi qonmaydi. Ammo shaxvati qo'zg'alib o'zini qiynagani va gunohkor bo'lgani qoladi.

- Shunday qizlarga qaramasa juda oz muddatdan keyin jannatda butun go'zallikni o'zida jamlagan hurliqo qorako'z qizlarga qarashlik lazzatini Alloh unga berishligini fikr qilsin. Dunyodagi eng go'zal qiz bilan jannatdagi hurni xizmatkorini solishtirsa, dunyodagi go'zallar jannat ayoli oldida hech narsa bo'lmay qoladi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!