Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 22:05
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Titan Gel - zakaz berish + info
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Chocolate Slim - zakaz berish +info
Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Xastimom sayyohlik marshruti barpo etiladi
 Bo'lim: Yurtimizda
 Sana: 04.10.2017 / 08:49

.. Yuklab olish

Chorsu bozorida Ko'kaldosh-Hazrati imom (Xastimom) marshruti bo'yicha yangi sayyohlik ob`yekti quriladi. Bu haqida Toshkent bosh arxitektori, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Asomiddin Tojiyev matbuot anjumanida xabar berdi.
"Ma`lumki, aksariyat sayyohlar o'zbek milliy bozoriga tashrif buyurishni xush ko'radi. Ayniqsa, ular Buxoro, Xivada joylashgan milliy bozorlarga katta qiziqish bilan qarashadi. Toshkent shahrida ham sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida Chorsu bozorida yangi marshrut bo'yicha milliy savdo do'konlari barpo etiladi. Xorijliklarni yangi osmono'par binolar bilan hayron qoldirish qiyin, sababi bu ular uchun yangilik emas. Tarixiy ko'chalar, milliy bozorlar esa ularni hamisha qiziqtiradi. Shu sababli, yangi loyiha Ko'kaldosh madrasasidan boshlanib, Hazrati imom majmuasi yaqinida yakunlanadi. Shuningdek, sayyohlar ushbu marshrut orqali yaqin orada qurilajak islom sivilizatsiyasi markazi bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishadi", dedi Toshkent bosh arxitektori.
Ma`lum bo'lishicha, Ko'kaldosh-Hazrati imom marshrutining qurilishi 2-3 yilda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
@chiroylicom Yangiliklarni telegramdagi kanalimizdan o'qish uchun Bu Yerni bosing @ChiroyliCom
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: