Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:25
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste'foga chiqadi

 6 APREL, 08:45 74

.

Armaniston parlamentining «Moy shag» hukmron fraktsiyasi rahbari Lilit Makuntsning ma'lum qilishicha, mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oyi oxirida iste'fo beradi. Bu haqda Interfaks xabar berdi.

Fraktsiya rahbarining aytishicha, «hozircha aniq kuni ma'lum emas, lekin bu aprel oxirida ro'y beradi».

Avvalroq Nikol Pashinyanning o'zi aprel oyida iste'foga chiqishi haqida ma'lum qilgan edi. Shuningdek, u bundan oldin 20 iyun kuni Armanistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo'lib o'tishini e'lon qilgandi.

Amaldagi parlamentni tarqatib yuborilishi uchun Armaniston bosh vaziri iste'foga chiqishi kerak bo'ladi. Agar parlament ikki marta yangi bosh vazir saylay olmasa, u avtomatik ravishda tarqatib yuboriladi, shundan so'ng yangi parlament saylovlari o'tkaziladi. Yangi bosh vazir parlamentda ko'pchilik tomonidan tayinlanishi lozim.

Bundan tashqari, 7 aprel kuni Nikol Pashinyan va  Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™