LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:14
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Bo'stonliq tumanida maktab o'quvchilari talonchiga aylandi. Qanday qilib?
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 23:40 / KO'RILDI: 15

Joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo'stonliq tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko'ra, Bo'stonliq tumanida shu yil 4 noyabr kuni 2 noma'lum shaxs, G'azalkent shahrida yashovchi maktab o'quvchisi A.D.ni qo'lidan “MI-A2-Lite” rusumli mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan ketganlar.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni G'azalkent shahrida yashovchi, 1-sonli o'rta maktabning 10-sinfida tahsil oluvchi o'quvchilar T.A. va D.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!