LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Mirziyoev va Berdimuhamedov savdo va energetika masalasini muhokama qilishdi
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 20:20 / KO'RILDI: 12

Bugun, 13 noyabr kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Suhbatda davlat rahbarlari keng ko'lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilganlar. Shuningdek, prezidentlar o'zaro tovar ayirboshlashni ko'paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo'jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yo'laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratganlar.

Bundan tashqari, tomonlar hamkorlikning eng muhim yo'nalishlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetik salohiyatni samarali rivojlantirish borasidagi yondashuv va pozitsiyalari mushtarak ekanini qayd etganlar.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!