LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Antonio Kontening «Real»ga kelmaganligi sababi ma'lum bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 20:10 / KO'RILDI: 15

«Real Madrid» hamda italiyalik mutaxassis Antonio Konte o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar tafsiloti ma'lum bo'ldi, deb yozadi "daryo.uz".

Konte «Real»dan iste'foga chiqarilgan bosh murabbiy Xulen Lopetegi o'rniga asosiy nomzod edi. Ammo Antonio qo'ygan talablar va shartlar «Real» prezidenti Florentino Peresga ma'qul kelmagan.

Konte yiliga 10 million evrolik maosh, uzoq muddatli himoyalangan shartnoma, besh kishilik murabbiylar shtabi, shuningdek, tarkibni tezkorlikda kuchaytirish uchun transferlar amalga oshirish uchun kafolat so'ragan. Natijada Peres unga rad javobini berib, Santyago Solarini jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Tez orada Solarining mavsum oxirigacha «Real»da qolishi e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!