Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 13:45
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
Nega millionerlar har bir chaqani qadrlashadi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Britaniyalik jurnalist Jonatan Margolis tangalarning qiymati nechog'lik yuksak ekanligi va zamonaviy dunyoda kimlar undan voz kechishga tayyor emasligi haqida fikr yuritgan, deb yozadi Insider.pro.
Tangalar qancha turadi o'zi? Yo'q, to'g'ridan-to'g'ri ma`noda so'ralmayapti, masalan Britaniyaning 1 funtlik tangasi 1,3 dollar ekanligini bilamiz. Vaqt va unga sarflangan quvvat nuqtai nazaridan ularning bahosi qancha?
Hozirgi onlayn savdo-sotiq, kontaktsiz to'lovlar va kriptovalyutalar davrida tangalar zamonaviy hayotning eng eski va muomaladan chiqib borayotgan elementi hisoblanadi.
O'tgan haftada supermarketda o'tkazilgan g'ayrioddiy 15 daqiqa 1 funtlik qiymatga ega bo'lgan tanga (dunyodagi eng yuqori qiymatlilaridan biri) borasida qayg'urish o'rinlimi, degan savolni o'rtaga tashlashga majbur qildi.
Britaniyada do'konlarning ko'pchiligida aravachalar maxsus qulflar bilan jihozlangan, ulardan foydalanish uchun 1 funtlik tanga tashlash kerak va arava joyiga qaytarib olib kelinsa — tangani qaytarib olish mumkin. Qulf ishlab chiqaruvchilarning ishontirishicha, bu xaridorlarni aravachalarni joyiga qaytarib keltirib qo'yishga majburlaydi va ularning o'g'irlab ketilishining oldini oladi.
.. Yuklab olish

Mening 1 funtlik tangam ana shunday aravacha qulfiga tiqilib qoldi. Men tangani chiqarib olish uchun 30 soniyacha muvaffaqiyatsiz urinib, so'ngra do'kon xodimidan ko'mak so'radim. Lekin hammasi natijasiz tugadi. Men o'zimni ahmoq bo'lgandek his qildim — tangani qaytarish uchun vaqt va kuch sarflash hech qanday ma`niga ega bo'lmagan edi. Lekin prinsipdan (bilmadim, qaysi prinsipdan) kelib chiqib men qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildim.
Bu oqilona qaror edimi? Men bu savolni bolalarimga berdim. To'ng'ichim (35 yoshda) bir daqiqa ham kutmasligini aytdi. Kichigi (28 yosh) esa o'sha “prinsip”ga binoan, tanganing qaytarilishi uchun qancha vaqt talab etilsa shuncha kutishga tayyorligini bildirdi.
Mening savolim ochiq qoldi va men jurnalistlar odatda qiladigan ishga qo'l urdim — ikki millionerga qo'ng'iroq qilib, mening o'rnimda bo'lishganida qay tariqa yo'l tutishlariga qiziqdim.
Birinchi “qurbonim” Ted Baker kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi va bosh direktori Rey Kelvin bo'ldi. Uning boyligi 468 million funtga baholanadi. Mening savolimga u shunday javob berdi:
“Men nima bo'lganda hamtanganingqaytarishmaguncha kutar edim. Qisman bu madaniyat masalasi — men shunday ulg'ayganman va tarbiyalanganman. Biroq bu mas`uliyat va hisobdorlik masalasi ham. Tizim ishlashi kerak va do'kon o'zining ishida ro'y bergan nuqsondan boxabar bo'lishi shart”.
Hamyonida tanga olib yurishi, do'konda qaytimga tanga berishini kutishi haqidagi savolga u “ha, albatta” deb javob qaytardi. Boshqacha qilib o'tganda, Ted Baker bosh direktori har bir funt ahamiyatga ega, deb hisoblovchi muvaffaqiyatli kishilardan sanalar ekan.
So'ngra men Dunkan Bannatayn sog'lomlashtiruvchi markazlar asoschisi va bir necha kitoblar, jumladan, “Pulni qanday aqlli tasarruf etish kerak?” (How To Be Smart With Your Money) kitobi muallifiga ham qo'ng'iroq qildim. Uning boyligi 225 million funtga teng. Bannatayn shunday dedi:
“Men tangani aravachadaqoldirardim.Uni qaytarish uchun ketgan vaqtim unga arzimaydi. Lekin mashinamda doimo to'xtab turish uchun to'lanadigan choychaqa bor, do'konlarda ham qaytimni albatta olaman”.
Yana o'xshash javobga ega bo'lolmadim.
Men boshqa yo'ldan borishga qaror qildim va Londondagi Attest startapi orqali minglab britaniyaliklar o'rtasida so'rov o'tkazdim.
.. Yuklab olish

Natijalarga ko'ra, odamlarning aksariyati bir funtlik tangani unchalik yuqori qadrlamas ekan. So'ralganlarning 75 foizi tangani qaytarish uchun 5 daqiqadan kamroq vaqtini ajratishini, 17 foiz so'ralganlar qancha kerak bo'lsa shuncha kutishlarini bildirgan.
Yiliga o'rtacha daromad (40 mingdan 200 ming funtgacha) topadiganlar 1 funtlikni qaytarish uchun 1 daqiqadan kamroq vaqt ajratishga tayyor ekanligiga ajablanmasa ham bo'ladi. Tangaga nisbatan mantiq doirasini tark etuvchi murakkab emotsional bog'liqlik bor. Uning boshlanishi tanga yig'adigan idishga tanga tashlagan paytlarimizdan boshlanadi. Biroq g'alati tasodif bilan birinchi va eng mashhur kriptovalyuta bitkoin deb ataladi (bitcoin, inglizcha. coin — «tanga» so'zidan olingan). Bundan tashqari, internet va televideniyeda u aynan tanga shaklida tasvirlanadi, garchi mohiyatan undan juda yiroq bo'lsa-da.
Funtning avvalgi kursi hisobga olinsa — keksa avlod uning 5 dollarga teng bo'lgan vaqtlarini yaxshi eslashadi — o'z-o'zidan tushunarliki, tangaga aynan keksa avlod vakillari qattiq bog'lanib qolishgan. Bu yil Britaniya tangalari yangicha ko'rinish olib, diametri ham biroz kattalashtirildi. Ko'rinib turibdiki, kichik qiymatli tangalarni o'rtacha va yuqori daromadli kishilardan ko'ra, past daromadli insonlar ko'proq qadrlashadi.
Biroq, tangalarning kuni bitgan ko'rinadi (banknotlarning ham). Romantika va tarixiy qiymati yo'qolib bormoqda. Britaniya 1971 yilda o'nlik sanoq tizimiga o'tishidan avval yoshi 100 yildan oshgan funtlar, shillinglar va penslar ham uchrab turardi. Hamma bu tangalarning boshidan ne kunlar o'tgani haqida bir zum bo'lsa-da o'ylanib qolardi. Endi esa ular siyratsiz metall parchalariga aylangan.
. WapUsta
29.08.2017 / 16:01
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: