Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:52
LoginA'zo bo'lish
Jizzaxda 25 yoshli yigit qo'shnisining yotoqxonasiga kirib, ayolga tahdid qildi

 5 APREL, 18:10 29

.

G'allaorol tumani Marjonbuloq shaharchasi Geologlar mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 25 yoshli yigit shu yilning 20 mart kuni soat 16 lar atrofida qo'shnisining yotoqxonasiga o'g'irlik maqsadida kirdi. Ammo uy sohibasi uni ko'rib qoldi.

Shunda jinoyatchi ayolni pichoq bilan qo'rqitib, yotoqxonadagi 2 million 45 ming so'm pulni olib chiqib ketdi. Ketar chog'i bu haqda jabrlanuvchi kimgadir “churq” etadigan bo'lsa, o'ldirib ketishini ma'lum qilishni unutmadi. U ayolning hech kimga shikoyat qilmasligiga ishonganidanmi, pul va pichoqni molxonasiga yashirib, hech bo'lmagandek yuraverdi.

 Ammo voqea u kutganidek nihoyalanmadi. Boschqinchidan jabr chekkan ayol ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Soha vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ayblanuvchi ushlanib, 2 million 15 ming so'm pul va pichoq yashirilgan joyidan xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164- moddasi asosida jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ya'ni ayblanuvchi bosqinchilik qilgani uchun javobgarlikka tortiladigan bo'lib turibdi.

2018 yilda esa ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun yana sudlandi. 2019 yilda u qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast etkazganligi uchun erkin hayotini qamoqqa almashtirdi. Endi esa bosqinchilik qilganligi uchun jazoga tortiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™