Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 02:33
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Titan Gel - zakaz berish + info
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Chocolate Slim - zakaz berish +info
Boks bo'yicha jahon chempionati–2017: Bokschilarimizning janglari ro'yxati
 Bo'lim: Sport
 Sana: 26.08.2017 / 14:04

.. Yuklab olish

Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo'yicha har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan Jahon chempionati o'yinlari start olganidan xabaringiz bor. 2 sentabrga qadar davom etadigan boks bo'yicha jahon chempionatida 85 ta davlatdan 289 nafar sportchi o'z vaznlari toifasi bo'yicha 10 ta oltin medalni qo'lga kiiritish uchun kurash olib borishadi.
Kecha musobaqaning dastlabki kunida 91 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida hamyurtimiz Sanjar Tursunov nikaragualik Jyeffri Gonsales bilan ringga ko'tarildi. Baslashuvda raqibiga nisbatan katta ustunlikka ega bo'lgan Sanjar Tursunov 5:0 hisobida g'alaba qozondi va ikkinchi saralash bosqichiga yo'l oldi.
Sanjar keyingi saralash to'qnashuvida argentinalik Yara Peraltaga qarshi ringga chiqadi. Jang 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Boshqa ishtirokchilarimiz quyidagi sanalarda va raqiblarga qarshi jangga kirishashdi:
49 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Robinson Rodriges (Kuba)
52 kg. Birinchisaralash bosqichi. 26 avgust
Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Yankiel Rivera (Puerto Riko)
56 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Murodjon Ahmadaliyev (O'zbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozog'iston)
60 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston) g'olibiga qarshi
64 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya)
69 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Nkumbu Silungve (Zambiya)/Yevgeniy Barabanov (Ukraina) g'olibiga qarshi
75 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston)
81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbekiston) - Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jyeysson Monroy (Kolumbiya) g'olibiga qarshi
91 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 27 avgust
Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Yara Peralta (Argentina)
91+ kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust
Bahodir Jalolov (O'zbekiston) – Kem Larssen (Daniya)/Karlos Masia (Angola) g'olibiga qarshi.
@chiroylicom Yangiliklarni telegramdagi kanalimizdan o'qish uchun Bu Yerni bosing @ChiroyliCom
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: