LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Erdo'g'an Qoshiqchi ishi bo'yicha: Turkiya Saudiya tomoni ushbu jinoyatga oydinlik kiritishini «sabr
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 16:35 / KO'RILDI: 14

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning ma'lum qilishicha, turk hukumati Saudiya Arabistoni, AQSh, Frantsiya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniyaga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o'ldirilishi yozib olingan audioyozuvni taqdim etgan. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri xabar qilmoqda.

«Kim so'ragan bo'lsa, ularning bari bu qotillik audioyozuvini tinglashdi. Bizning razvedka tashkilotimiz hech narsani yashirmadi. Yozuv - haqiqiy fojia. Hatto Saudiya razvedkasi xodimi ham bu yozuvni tinglaganida dahshatga tushdi. U yigit, katta ehtimol bilan, geroin iste'mol qilganini aytdi, sababi faqatgina geroindagi odam shunday ishni qilishi mumkin», - dedi Erdo'g'an jurnalistlarga.

Uning so'zlariga ko'ra, Turkiya Saudiya tomoni ushbu jinoyatga oydinlik kiritishini «sabr-toqat bilan kutmoqda».   Erdo'g'anning qo'shimcha qilishicha, jinoyatga aloqadorlar orasida saudiyalik 18 nafar yuqori mansabli amaldor bor, ular jurnalist o'ldirilgan kuni atayin Istanbulga yuborilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kanada bosh vaziri Qoshiqchi ishi bo'yicha audioyozuvlar borligini tasdiqlagandi.

Kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!