Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Ayb kimda? Hindistonga davolanish uchun ketgan ayol Toshkentga tobutda qaytdi
MUHARRIR: WapUsta

12 IYUN, 15:15 / KO'RILDI: 51

Hindistonga saraton kasalligiga chalingan 52 yoshli Nargiza Ahrorova davolanishga ketgandi, ammo Toshkentga uning jasadini olib kelishdi.

Marhumaning o'g'li Odilbek Ahrorovning aytishicha, u vositachilarga ishonib, onasini bir necha ming dollarga Hindistonga olib kelgan, ammo oxir-oqibat aldangan.

Erini hindistonlik deya atagan toshkentlik vositachi ayolning aytishicha, Nargiza Ahrorova kasallikning so'nggi bosqichida bo'lishiga qaramasdan, 30 may kuni kasalxonaga yotqizilgan. Bemor “Jaypee” shifoxonasiga yotqizilgan.

Vositachining so'zlariga ko'ra, Odilbek Ahrorov to'lashga puli bo'lmagani sababli onasini shifoxonadan olib chiqadi va "agar o'lib qolsa, javobgarlikni o'z zimmasiga olishini" aytadi.

Ahrorovaning ahvoli 8 iyun kuni Toshkentga uchayotgan samolyotda kislorod tugashi bilan yomonlashadi, shundan keyin samolyot Dehliga qaytishga majbur bo'ladi.

Hindistonda saraton kasalligidan qutulishga urinayotgan 52 yoshli Nargiza Axrorovaning o'limi haqida videorolik ijtimoiy tarmoqlarda aks sado berdi.

Marhumning o'g'li Odilbek Axrorovning so'zlariga ko'ra, "vositachi" uni aldagan.

"Erini hindistonlik deb aytgan bir ayol bizga 1000 dollarga onamni davolattirishini aytdi. Biz ishondik va 30 may kuni onam bilan Dehliga uchib keldik. U Hindistonga o'z oyoqlari bilan yurib kelgandi, ammo o'n kundan keyin uni Toshkentga tobutda olib keldik", dedi Odilbek Ahrorov.

O'g'ilning aytishicha, shifoxona xodimlari onaning davolanishi uchun vositachi aytgan puldan ancha ko'p pul so'rashgan.

"Bir necha kun onam doimiy ravishda tomchilab turuvchi dori va turli ineksiya oldi. Bizga 5000 dollar yoki kuniga 1500 dollardan to'lashimiz kerakligini aytishdi. Bizda buncha pul yo'q edi. Vositachining gapiga ishonib, 1000 dollar deb hisoblagandik. Oqibatda pul yo'qligi sababli men onamni O'zbekistonga olib ketishni so'radim», — dedi marhumaning o'g'li.

"Biz vositachi ayol va erining tuzog'iga tushdik hamda onamni yo'qotdik. Agar bunday bo'lishini bilsam, onamni buncha qiynamasdim. Ular onamning ahvolini bilishdi va bizni shu qadar ko'p pul sarflashga majbur qilishdi", — deya qo'shimcha qiladi Ahrorov.

Ahrorov "vositachining eri" deb atagan Kabir ismli hind esa ayol Hindistonga og'ir ahvolda olib kelinganini aytadi. Uning aytishicha, o'g'li davolanish muddati tugaguniga qadar onasining o'limi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi haqida tilxat yozib bergan.

"... Men uning ijtimoiy tarmoqdagi yozuvlarini o'qidim. U "onam Hindistonga o'z oyoqlari bilan kelgan" deb yolg'on gapiribdi. Aslida, ayol juda yomon ahvolda edi, u g'ildirakli stulda keltirishdi. O'zingiz o'ylang, qanday qilib saratonning so'nggi bosqichida bo'lgan bemorni 1000 dollar evaziga davolash mumkin?", deydi Kabir.

Xullas, hozircha tafsilotlar shu. Orada o'g'il onasidan, bir oila eng yaqin insonidan ayrildi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1