Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Eslatma! Bu yil abiturientlar hujjat topshirmaydi
MUHARRIR: Admin

12 IYUN, 14:45 / KO'RILDI: 160

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 mayda “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qaror asosida oliy o'quv yurtlariga o'qishga qabul qilishda ko'pgina yangilik va o'zgarishlar kiritildi.

"Zarafshon" nashriga ko'ra, endilikda abiturientlar oliy ta'limga kirish uchun hujjat topshirmaydi, faqatgina shaxsini tasdiqlovchi pasport (guvohnoma) va umumta'lim yoki o'rta maxsus muassasasini bitirganlik to'g'risidagi ma'lumot asosida oliy ta'lim, Davlat xizmatlari markazlari yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro'yxatdan o'tadi. Ro'yxatdan o'tgan yigit-qizlarga DTM o'z saytida “Shaxsiy kabinet” ochiladi. Abiturientlarning o'zlari pasport seriya va raqamlari orqali “Shaxsiy kabinet”lariga kirib, test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beruvchi DTM elektron varaqasini chiqarib olishadi.

Abiturientlarga qabul va test sinovlaridagi o'zgarishlarni etkazish maqsadida viloyatimizning barcha tumanlarida tadbirlar hamda qabul komissiyalarining mas'ul xodimlari ishtirokida seminar-treninglar o'tkazildi.

Endilikda abiturientlar nafaqat o'qish istagida bo'lgan oliygohi, balki boshqa oliy ta'lim muassasasi orqali ham ro'yxatdan o'tishi mumkin. Pasport yoshiga etgan abiturientlar ro'yxatdan o'tish paytida suratga tushishi talab qilinmaydi. Ular test sinovlarida qatnashish paytida barmoq izini skaner qiluvchi qurilmaga barmoq tekkizadi va shaxsi tasdiqlangach jarayonda qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha abiturientlarni ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 15 iyunidan boshlanadi va kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida bo'lib o'tadi.      

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1