Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Auktsionda birinchi «chiroyli» mobil raqam 5,3 mln so'mga sotildi
MUHARRIR: WapUsta

12 IYUN, 14:25 / KO'RILDI: 57

11 iyunda Respublika tovar-xom ashyo birjasining axborot tizimida chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamini sotish bo'yicha ilk bitim tuzildi.

O'tkazilgan elektron savdo natijasiga ko'ra onlayn-auktsion orqali «COSCOM» MChJ (Uselltm) uyali aloqa operatorining (+998 93) 577-88-88 birinchi mobil raqami sotildi.

 


Ushbu lot 4 iyun kuni Toshkent shahar jismoniy shaxslari uchun savdoga quyilgan. Boshlang'ich bahosi 4 000 000 so'mlik mobil raqamning sotilish qiymati 5 360 000 so'mgacha o'sgan. O'sish darajasi boshlang'ich narxga nisbatan 34%ni tashkil etgan.

 

Savdo g'olibi 5 kun mobaynida tuzilgan bitim bo'yicha moliyaviy majburiyatlarni to'liq qoplashi va keyingi 10 kun davomida raqamni «COSCOM» MChJ (Uselltm) ofisida rasmiylashtirishi kerak.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!