Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Toshkentdagi mushtlashuv: "Neksiya" haydovchisi "dushman"ini qasddan o'ldirishni
MUHARRIR: WapUsta

12 IYUN, 14:15 / KO'RILDI: 32

Toshkent shahar prokuraturasi o'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'limi tomonidan B.K. va K.K.larga (1992 y.t.) nisbatan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, ular 05.06.2019 yil soat 19:50da Mirobod tumani, Farg'ona Yo'li ko'chasida joylashgan “OSIYo BURGER” ovqatlanish shohobchasining turargohida bo'lib, I.J. (1991 y.t.) bilan muqaddam bo'lgan o'zaro kelishmovchilik oqibatida, B.K. o'zining boshqaruvidagi “NEKSIYa-3” rusumli avtomashinada I.J.ni qasddan urib yuborgan, so'ng K.K. o'zi bilan olib kelgan pichoq bilan I.J.ni qasddan o'ldirishni o'ziga maqsad qilib, bezorilik oqibatida tanasining turli joylariga bir necha marotaba jarohatlarni etkazib, voqea joyidan yashiringanlar.

07.06.2019 yil B.K. va K.K.lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va tegishli protsessual tartibda ushlanganlar.

08.06.2019 yil B.K. va K.K.lar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan ayblov e'lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Ushbu jinoyatga aloqasi bo'lgan va bevosita qatnashgan boshqa shaxslar tergov-tezkor yo'li bilan tekshirilmoqda.

Jinoyat ishi bo'yicha tegishli ekspertizalari tayinlangan bo'lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!