Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Shavkat Mirziyoev navbatdagi farmonni imzoladi
MUHARRIR: WapUsta

12 IYUN, 13:35 / KO'RILDI: 51

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Respublika bo'ysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbarlar to'g'risidagi” farmonni qabul qildi.

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida 12 ta shtat birligidan iborat Respublika bo'ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'limi tashkil etildi.

Bo'lim faoliyati Bosh vazir tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Bo'lim Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining  Zarafshon shahri va Surxondaryo viloyatining Sharg'un shaharchasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni samarali hal etilishini ta'minlaydi.

Shuningdek, shaharlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, shaharlarni ishlab chiqarishga jalb etilmagan rezerv va imkoniyatlarini to'liq ishga solish, shaharlarda aholi daromadlari o'sishini ta'minlash kabi vazifalar bo'limning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shaharlarni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati yig'ilishlarida ko'rib chiqiladi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!