LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:50
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Shpion mojarosi: Lavrov va Avstriya TIV rahbari muzokara o'tkazdi
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 22:59 / KO'RILDI: 45

Josuslik bilan bog'liq mojarodan so'ng Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov avstraliyalik hamkasbi Karin Knaysl bilan telefon orqali Moskva va Vena munosabatlarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya tashqi ishlar idorasi ta'kidiga ko'ra, Avstriya TIV rahbari Vena yuz bergan vaziyatda qaror qabul qilayotib qanday sabablarga tayanganilganini tushuntirgan. Knaysl shuningdek, oxirgi voqealar Rossiya va Avstriya munosabatlariga ta'sir o'tkazmasligiga umid bildirgan.

Rossiya TIV rahbari o'z navbatida xalqaro muloqot normalariga tamomila zid bo'lgan "isbotsiz ayblovlarni ommaviy ilgari surish amaliyotining" mutlaqo nomaqbulligini ta'kidlagan. Bundan tashqari, Lavrov o'zaro har qanday e'tirozlari yo'lga qo'yilgan aloqa kanallari va faktlar asosida muhokama qilish zarurligini qayd etgan.

Ilgariroq Knaysl Rossiyaga tashrifni bekor qilgan edi.

Mojaro mohiyati

Juma kuni Avstriya OAVlari iste'fodagi polkovnik yigirma yil davomida Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib qo'lga olingani haqida xabar bergan edi.

Ta'kidlanishicha, polkovnik avstriya HHK, artilleriya tizimlari, migratsiyaga oid inqirozlar to'g'risida ma'lumot to'plashi, shuningdek, yuqori martabali harbiylar haqida batafsil ma'lumotlar yig'ishi kerak bo'lgan.

OAVlar shuningdek, gumonlanuvchi Avstriya Mudofaa vazirligida faoliyat yuritgani haqida hikoya qilganlar.

Avstriya prokuraturasi xabariga ko'ra, hibsga olingan polkovnik davlat sirini oshkor etganlikda gumonlanmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari so'zlariga ko'ra, polkovnikka o'n yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Avstriya mudofaa vaziri Mario Kunasekning aytishicha, kontrrazvedkaga "do'stlik xizmati" ishi bo'yicha ma'lumotlar bir necha hafta ilgari kelib tushgan. Jurnalistlar xabariga ko'ra, gap nemis maxsus xizmati haqida bormoqda.

Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts Rossiyadan "transparent ma'lumot" talab qilgan va Vena ushbu holatni evropalik sheriklar bilan muhokama qilish niyatida ekanligini aytgan.

Moskva munosabati

Rossiya TIV josuslik mojarosi fonida Rossiyadagi Avstriya elchisi Yoxannes Aygnerni chaqirtirgan. Diplomatga norozilik notasi topshirilgan.

Rossiya TIV Avstriya mazkur holatni yo'lga qo'yilgan muloqot kanallari orqali muhokama qilmaslikni afzal bilganidan taajubda ekanliklarini bildirishdi. Rossiya TIV iste'fodagi polkovnikning Rossiya foydasiga josuslik qilishini OAV uchun yozilgan xabar, deya ta'kidlashdi.

Manba: sputniknews-uz.com
Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!