LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:50
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Sudya Aqto'be fojiasi aybdorlari nega 5 yilga qamalganini izohladi
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 16:00 / KO'RILDI: 18

Avvalroq, Qozog'istonning Aqto'be viloyati Irg'iz tumanida avtobus yonishi natijasida 52 nafar O'zbekiston fuqarosi halok bo'lishi yuzasidan jinoyat ishi yakunlangani haqida xabar bergan edik.   Sud ayblanuvchi deb hisoblanayotgan besh kishi uch nafar haydovchi va “Azia tranzit servis” MChJ ta'sisichisi va mexanigiga hukm chiqargandi. Haydovchilar besh yilga, ta'sischi va mexanik uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.   Bugun, 13 noyabr kuni Aqto'be fojiasi aybdorlariga hukm chiqargan Irg'iz tuman sudi sudyasi Serik Maxambetov o'z qaroriga izoh berdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.   Sud haydovchilar Qirg'izboev, Pernebekov, Tanatovni, mexnaik Perdebaev va tashuvchi firma ta'sischisi Tilepboevni 52 kishining o'limiga olib kelgan jinoyatda aybdor deb topdi.   Haydovchilar Qirg'izboev, Pernebekov va Tanatov transport vositalaridan foydalanish va yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Ularga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.   Perdebaev va Tilepbaev texnik nosoz transport vositasidan foydalanishga yo'l qo'yganlikda aybdor deb topildi. Bundan tashqari Tilepbaev vazifasiga mas'uliyatsiz yondashuv va hujjatlarni qalbakilashtirishda ham aybdor deb topilgan. Ular 3 yil olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi.   Ta'kidlanishicha, yuqorida ko'rsatilganlar ehtiyotsiz jinoyat turiga mansub. Shu sababdan jinoyatchilar jazoni xavfsizlik minimal darajada bo'lgan qamoqxonada o'taydi.   “Sud qonun talablariga rioya qilishi kerak va unda belgilangandan ortiq jazo tayinlolmaydi. Bu sud amaliyoti emas, to'g'ridan-to'g'ri qonun talabi va bu sud uchun buzib bo'lmaydigan majburiyat”, degan sudya Serik Maxambetov.   Sud jabrlanuvchilarning fuqarolik talablarini qondirdi. Sudlanuvchilardan halok bo'lgan har bir odam uchun 2 mln tengedan undirib olingan.   Eslatib o'tamiz, joriy yil 18 yanvar kuni Aqto'be viloyatining Irg'iz tumanida avtobusda yong'in chiqishi natijasida 52 nafar o'zbekistonlik halok bo'lgan.

Qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!