Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 23:11
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Titan Gel - zakaz berish + info
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Chocolate Slim - zakaz berish +info
UZREPORT TV Floyd Meyvezer – KonorMakGregor jangini jonli efirda namoyish etadi
 Bo'lim: FUTBOL TV dasturlari
 Sana: 23.08.2017 / 20:41

.. Yuklab olish

AQSHning Las Vegas shahrida 26 avgustdan 27 avgustga o‘tar kechasi butun jahon sport olamini larzaga solayotgan voqea ro‘y beradi.
Professional boks tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri, o‘z zamonasining birinchi raqami va yengilmas chempioni hisoblangan Floyd Meyvezer katta ringga qaytmoqda. Unga qarshi aralash jang uslublari qiroli, UFC tarixidagi yagona ikki vazn toifasi chempioni, bugungi kun sport olami asosiy yulduzlaridan biri Konor MakGrekor ringga chiqadi.
Davron Fayziyev (UZREPORT TV): - “Jang to‘liq professsional boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi va 12 raund o‘tkazilishi belgilangan. Hozirning o‘zida bu to‘qnashuv barcha rekordlarni zabt etmoqda. Ya’ni, nafaqat jang, balki uning oldidan o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari, mashg‘ulotlarning onlayn translyasiyalari, bokschilarning gonorarlari, telekanallar tomonidan xarid qilinadigan translyasiyalar, chipta narxlari, bularning hammasi rekord natijalarni keltirib chiqarmoqda. Bu qiziqish ularning mashhurlik bo‘yicha hozirgi kunda yakkakurashlarda tengi yo‘q ekanligi bilan bog‘liq”.
O‘zbekistonlik sport muhlislari ham bu voqeani intizorlik bilan kutayotganini telekanalimizga kelib tushayotgan ko‘plab murojatlardan bilib olish mumkin. Teleomoshabinlarimizning ana shu istaklarini inobatga olgan holda UZREPORT TV telekanali Floyd Meyvezer – Konor MakGregor jangi o‘rin olgan boks kechasini lisenzion translyasiya huquqini qo‘lga kiritdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 26 avgust kuni tunda, bizning vaqtimiz bilan 27 avgust kuni 8:30 dan boshlab super-jangning translyasiyasini UZREPORT TV telekanalida tomosha qiling.
Manba:uzreport.uz
@chiroylicom Yangiliklarni telegramdagi kanalimizdan o'qish uchun Bu Yerni bosing @ChiroyliCom
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: