LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:11
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Yangi urush kelib chiqadimi?
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 14:15 / KO'RILDI: 73

Isroil G'azoga yangi hujumlar to'lqinini boshlagan o'tgan yakshanbadan buyon 10 falastinlik shahid bo'ldi va 9 kishi jarohatlandi. Isroil tomondan esa bir ofitser halok bo'lgan va yana 29 kishi jarohat olgan. Bu yangi urush boshlanishiga zamin hozirlayapti.

Isroil qo'shini kecha kechqurun bergan bayonotida uning jangchilari va tanklari G'azodagi Hamas va Islomiy jihod harakatlarining 70 dan ortiq bazasini nishonga olganini aytgan.

Qo'shin ushbu hujumlarni Falastindagi guruhlarining Isroil shaharlariga qilgan hujumlari, xususan, kecha tunda otilgan 200 ta raketaga javob hujumlar deb izohlamoqda.

Falastin sog'liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, Isroil hujumlari natijasida bugungi kunning ilk soatlaridan boshlab 3 falastinlik shahid bo'lgan va 9 nafari jarohat olgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!