LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:09
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
“Miss Asia Global” xalqaro go'zallik tanlovida qozog'istonlik model g'olib bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 13:45 / KO'RILDI: 27

KOChIN – 2-10 noyabr kunlari Hindistonning Kochin shahrida o'tkazilgan “Miss Asia Global” xalqaro go'zallik tanlovida qozog'istonlik Asem Esengeldieva g'olib deb topildi.

Xalqaro tanlovda 25 ta davlat vakillari qatnashdi. “Velada” model agentligi a'zosi Asem Esengeldieva tanlov doirasida “Eng nafis sochlar egasi” nominatsiyasida ham taqdirlandi. Asem tanlovda olgan mukofot pulining bir qismini shoshilinch operatsiyaga muhtoj mahalliy bolalarga berdi.

“Miss Asia Global” xalqaro go'zallik tanlovi 1968 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Asem Esengeldieva – Olmaota shahridagi Abilayxon nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universiteti talabasi. “MDH go'zali – 2018” xalqaro go'zallik tanlovida sovrindor bo'lgan.

Manba: turon24.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!