Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 22:39
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Jinsiy olatni kattalashtirivchi №1 maxsulot
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
» Ajoyib yangiliklar telegram kanalida
«Barselona» mavsumni rekord darajadagi daromad bilan yakunlagan
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

2016/17 yilgi mavsumni «Barselona» rekord darajadagi daromad bilan yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati vakili Jozep Vivesga asoslangan holda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Iqtisodiy hisobotga ko'ra, jamoa o'tgan mavsumda rekord miqdordagi daromadni qo'lga kiritgan — 708 million yevro. Shundan 18 million yevro sof foyda.
Shuningdek, jamoaning kredit qarzi kamaygan. Endi klubning 247 million yevro miqdoridagi krediti qolgan. Bu esa o'tgan mavsumga nisbatan 24,5 million yevroga kam. O'tgan mavsumda futbolchilarning maoshi daromadning 66 foizini tashkil etgan.
«Klubning moliyaviy ko'rsatkichlari strategik o'sish rejalariga mos bo'ldi», — deya bayonot bergan Vives.
«Barselona»ning strategik rejasiga ko'ra, klub 2021 yilga borib 1 milliard yevro daromad olishi belgilangan.
Forbes jurnali o'tgan mavsumda e`lon qilgan reytingda «Barselona» 4-o'rinni egallagandi. Jurnal ushbu klub qiymatini 3,64 milliard yevroga baholagandi. «Dallas Kovboys» (Amerika futbol), «Nyu-York Yankiz» (beysbol) va «Manchester Yunayted» klublari eng qimmatbaho jamoalar sifatida tan olingandi.
. Aman (WapUsta)
18.07.2017 / 13:49
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: