LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:06
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Ana xolos! Endi bitta oilaga faqat bitta non sotiladi
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 00:05 / KO'RILDI: 138

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida oxirgi haftada davlat do'konlarida non etishmovchiligi, xususiy savdo shoxobchalarida ushbu mahsulot narxining qimmatlashuvi kuzatilyapti. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri xabar berdi.

“So'nggi kunlarda nonni jadval bo'yicha olib kelishmayapti. Shuning uchun, odamlar uzoq vaqt va ko'p hollarda yomg'irda non tashuvchi mashina kelishini kutishiga to'g'ri kelyapti. Odamlar yomg'irdan qochib, shiypon ostiga yoki ko'p qavatli uylar pod'ezdiga kirib olyapti. Non tashuvchini ko'rgach, odamlar uning oldiga yugurib borib, uni tushirib ulgurmasdan mashinaning o'zidan sotib olyapti”, deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, sotuvchilar bir odamga faqatgina bitta non sotyapti. Shu sababdan, katta oilalar guruhlashib kelib, bir necha marta navbatga turib non sotib olishiga to'g'ri kelyapti. Ba'zi non do'konlari bir necha kun ishlamay qolish hollari kuzatilyapti.

Holatni o'nglashda xususiy non do'konlari yordam beryapti. Biroq undagi narxlar davlat do'konlariga qaraganda 2-6 baravar qimmat.

Turkmanistonda mahsulot etkazib berishdagi muammolar oktyabr oyidan kuzatila boshlagan. O'shanda un va non sotib olishdagi muammolar Marv viloyatida, shuningdek, Bayramali, Yoleten, Turkmangala va Murg'ob shaharlarida kuzatilgan. Mahsulot etkazib berishdagi uzilishlar odamlarning bu erlardan ketishiga sabab bo'lgan.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!