Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 07:36
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
Makgregor Meyvezerga qarshi jangga tayyorlanishda nokautga uchradi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

63,5 kg vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jyessi Vargas MMA superyulduzi Konor Makgregorning Floyd Meyvezerga qarshi jangiga tayyorgarligiga doir ayrim ma`lumotlar bilan o'rtoqlashdi. Uning so'zlariga ko'ra, irlandiyalikning mashg'ulotlari ko'ngildagidek ketayotgani yo'q.
Xususan, uning so'zlariga ko'ra, yaqinda Makgregor sparring janglardan birida nokautga uchragan.
Vargas aralash janglar ustasiga kim raqib bo'lganiga oydinlik kiritmagan hamda ma`lumot manbaini ham ma`lum qilmagan.
So'nggi davrning eng ko'p kutilayotgan va tashviq qilinayotgan janglaridan biri 26 avgust kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Jang ulkan mablag' to'plashi kutilmoqda. Bunda Meyvezer gonorari 100 mln dollarga yaqinni tashkil etadi, mukofot puli (mag'lubga) 75 mln dollar taqdim etiladi.
Aksar fikrga ko'ra, irlandiyalikning texnik jihatdan kuchli bo'lgan raqibiga imkoniyati yo'q. Biroq amerikalikning o'zi OAVga iqror bo'lishicha, birmuncha yoshi o'tgan va avvalgidek jismoniy formada emas. Meyvezerning fikricha, uning holati yomonlashgani jangni qizdirishga xizmat qiladi.
. WapUsta
17.07.2017 / 23:49
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: