LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:55
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Samarqandda Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi o'tkaziladi. Prezident ham qatnashishi kutilmoqda
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 13:20 / KO'RILDI: 25

Joriy yilning 22-23 noyabr kuni Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi o'tkaziladi.   Forumda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, Osiyo qit'asida joylashgan davlatlarning inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanuvchi institutlari rahbarlari, huquqshunos olimlar va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.   Osiyo forumi yakunlari bo'yicha Inson huquqlari bo'yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Unda davlatlar tomonidan xalqaro hujjatlarga muvofiq barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklariga rioya qilish va himoya qilish borasida samarali tizim yaratishga oid maqsadlar ko'zda tutiladi.   Osiyo forumi doirasida Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar rahbarlari o'z mamlakatlaridagi inson huquqlariga oid vaziyatni, shuningdek, inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qiladi.   Forum natijalariga ko'ra, Markaziy Osiyodagi inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning Toshkentdagi qo'shma bayonotini qabul qilish ham rejalashtirilgan.   Mazkur Forum ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!