LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:11
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Xorazmda MIB xodimiga biriktirilgan 1 xonali uyni 3 xonalisiga almashtirib berish uchun 3 mln so'm p
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 12:40 / KO'RILDI: 20

MIB xodimiga biriktirilgan 1 xonali kvartirani 3 xonalisiga almashtirish uchun 3 million so'm pora so'ragan AT «Asakabank» Xorazm filiali kredit bo'limi mutaxassisi qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi matbuot xizmati «Daryo»ga ma'lum qildi.

Bu O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi, prokuratura va MIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tadbirda aniqlandi.

AT «Asakabank» Xorazm filiali kredit bo'limi mutaxassisi, bevosita ko'p qavatli uylardagi kvartiralarni biriktirish bo'yicha Urganch shahar hududiy komissiya a'zosi bo'lgan B.J., komissiya a'zolari — shahar hokimligi Umumiy bo'lim mudiri U.R. va Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi shahar filiali mutaxassisi V.K. bilan oldindan til biriktirib, hokimlikdagi tanishlari orqali uyga muhtoj fuqaro sifatida MIB Urganch tuman bo'limi davlat inspektori X.O.ga arzon ko'p qavatli uydan biriktirilgan 1 xonali kvartirani 3 xonalisiga almashtirib bermoqchi bo'lgan va buning uchun 3 million so'mni firibgarlik yo'li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Manba: daryo.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!