Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Lyuksemburg jamoat transportini bepul qilib qo'ygan dunyodagi birinchi davlat bo'ladi
MUHARRIR: wapusta

6 DEKABR, 22:25 / KO'RILDI: 14

Lyuksemburg hukumati mamlakatdagi barcha jamoat transportini bepul qilib qo'ymoqchi. The Independent ma'lumotiga ko'ra, gertsoglik avtobuslari, tramvaylari va poezdlarida safar qilishga haq to'lash 2019 yilning yozida bekor qilinadi. Rasmiylarning fikricha, bu chora Lyuksemburgdagi ekologik vaziyatni yaxshilashda hamda tirbandliklardan qutilishda yordam beradi. Hozirgi kunda kichik davlatning deyarli butun hududini qamrab oluvchi 2 soatlik safar narxi 2 evroni, biznes klassda 3 evroni tashkil qiladi. Jamoat transportining har bir turi uchun ikkinchi klassga butun kun uchun chipta narxi 4 evro turadi. Bolalar bepul sayohat qiladi, ko'plab yo'lovchilar yillik «abonement» sotib olish huquqini qo'lga kiritadi, u butun jamoat transporti uchun 150 evroga tushadi.

Manba: zamin.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!