Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbekistonda xorijga chiqish pasporti qanday bo'lishi ma'lum bo'ldi
MUHARRIR: wapusta

6 DEKABR, 22:15 / KO'RILDI: 27

2019 yil 1 yanvardan xorijga chiqish stikerlarining o'rniga xorijga chiqish biometrik posporti joriy qilinadi. 

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

- ish joyi,  o'qish joyi yoki hududiy o'zini o'zi boshqarish organida tasdiqlangan ariza (bir nusxada);

- 3,5 sm. x 4,5 sm. hajmdagi bitta rasm;

- pasport nusxasi;

- harbiy komissariatdan (voenkomat) hujjat (harbiy xizmatni o'tashi kerak bo'lganlar uchun);

- davlat boji to'langanligi haqida kvitantsiya.

to'lov miqdori taxminan ekihning 1,5 baravarida (304 095 so'm) bo'ladi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 kun ichida tayyorlanadi. Yangi hujjatning amal qilish muddati 10 yil bo'lib, 48 betdan iborat bo'ladi.

Ta'kidlash joiz, fuqarolar viza talab qilinmaydigan davlatlarga oddiy biometrik pasportlari bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar chiqishlari mumkin.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!