Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qaytimga mahsulot olmaslikka haqingiz bor!
MUHARRIR: wapusta

6 DEKABR, 20:45 / KO'RILDI: 11

O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo'shma murojaat bilan chiqdi.

2018 yilning iyul oyidan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so'mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

Bildirilishicha, O'zbekiston Respublikasining “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste'molchini haq evaziga qo'shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo'shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko'rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo'yicha qaytim o'rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo'linsa:

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilish so'raladi.

Shuningdek, tadbirkorlarga ham murojaat qilingan.

Qayd etilishicha, savdo do'konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to'liq berishni ta'minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko'rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozim.

O'z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo'jalik sub'ektlari tijorat banklari orqali:

- bankdagi depozit hisob varaqlaridagi mablag'lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta'minlab beriladi;

- banknot ko'rinishidagi naqd pul mablag'larini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin bo'ladi.

Tadbirkorlik sub'ektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so'm qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamli “ishonch telefoni“ga murojaat qilishlari mumkin.

Manba: xs.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!