Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Uchquduqda bir ixtiro sabab 30 kishining bandligi ta'minlandi
MUHARRIR: wapusta

6 DEKABR, 20:35 / KO'RILDI: 36

Konchilik ishlari uyum-uyum tuproq va kon chiqindilari hosil qilishi tabiiy hol.

Uchquduq tomonlarga borgan kishi shahar ostonasidayoq bunga amin bo'ladi. Mazkur sanoat chiqindilar hududdagi konchilik ishlarining uzoq yillik asorati bo'lib, yaqin-yaqinlargacha e'tibordan chetda qolib kelardi.

Mazkur sanoat chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida olib borilgan izlanishlar nihoyat o'z samarasini berdi.

2014 yil Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh innovatorlarning “Radioaktiv kon ag'darmalarni rekultivatsiya qilish usullari” ixtirochilik ishi tan olinib, unga patent berildi. Natijada hududdagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli Geotexnologik konda tarkibida uran mavjud chiqindilarni rekultivatsiya qilish uchastkasi tashkil etilib, yaqinda ishlab chiqarishga tatbiq etildi.

“Har kuni 600-800 tonna ag'darmani qayta ishlash quvvatiga ega bu uchastkada 30 ta yangi ish o'rnini yaratildi. Hozirda uran ishlab chiqarish rejamizning 3-5 foizi mazkur yangi uchastkaga to'g'ri kelmoqda”, - deydi Geotexnologik kon boshlig'i Fazliddin Mamajonov.

Ta'kidlash joizki, atrof-muhit, tabiiy landshaftni buzib turgan mazkur chiqindilardan mahsulot olish bilan birga ular endi rekultivatsiya qilinib,foydalanish uchun maqbulligi ta'minlanmoqda.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!