Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Dahshat! Oroldagi laboratoriyadan odamxo'r maymunlar qo'yib yuborilgan
MUHARRIR: wapusta

6 DEKABR, 20:30 / KO'RILDI: 52

"DailyStar" axborot portali xabariga ko'ra, xavfli kasallikka chalingan shimpanzalar oqimi Liberiya oroli bo'ylab kezib yurishibdi. Mahalliy aholi esa endi oroldan qochish harakatida. Ma'lum qilinishicha, xavfli virus sabab shimpanzelar odamxo'rlarga aylanib qolishgan.

Shimpanzelar juda tajovuzkor. Jurnalistlar tomonidan tayyorlangan videolarda esa hayvonlarning qurbon qidirib topish maqsadida orol atrofida qanday harakat qilayotganlari tasvirlangan. Hududda etarlicha oziq-ovqat yo'q, shuning uchun vaqti-vaqti bilan bir guruh odamlar orolga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelishmoqda.

Mahalliy aholi hatto yaxshi pul evaziga ham kimnidir orolga olib borishni rad etishmoqda. Shu sababli jurnalistlar vaziyat haqidagi to'liq tafsilotlarni bilishmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, shimpanzelar Liberiyada 1974 yilda Nyu-York qon markazining olimlari tomonidan yaratilgan virusni tahlil qilish uchun o'sha orolda saqlangan. Mutaxassislar o'zlari yaratgan vaksinaning ta'sirini tekshirish maqsadida atayin ularga bu virusni yuqtirishgan ekan. Ammo barcha tajribalar 40 yil oldin to'xtatilgan bo'lishiga qaramay, hayvonlar orolda qoldirib ketilgan.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!