Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 01:26
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
YeChL finali vaqtida «Yuventus» futbolchilari o'rtasida mojaro bo'lganmi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Italiyada «Yuventus»ning asosiy himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi Turinni tark etib, «Milan» safiga qo'shilgani sabablari muhokama qilinmoqda.
La Stampa nashri Yevropa chempionlar ligasi finalida ro'y bergan voqea haqida insayderlik xabarini tarqatdi. Unga ko'ra, final uchrashuvi tanaffusi vaqtida «Yuventus» kiyim almashtirish xonasida mojaro ro'y bergan.
Xabarda aytilishicha, birinchi bo'limdan keyin (1:1) tanaffus vaqtida Dani Alves jamoadoshi Paulo Dibaladan g'azablangan, uni jon kuydirib o'ynamayotganlikda, bosim o'tkazmaslikda va sariq kartochkadan so'ng o'yinni tashlab qo'yganlikda ayblagan.
Shu vaqtda xonaga jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kirib kelib, Dibalani himoya qilgan va Alvesdan o'zini bosib olishni so'ragan.
Leonardo Bonuchchi esa Alvesning fikriga qo'shilgan. Dibala kulimsirab, o'zini e`tirozlarga beparvo tutadi. Bonuchchi bundan g'azablanib, Dibalaning tomog'idan ushlaydi va uni burchak itarib yuboradi.
Shunda o'rtaga Andrea Barzali tushib, Alves hamda Bonuchchidan tinchlanishni so'raydi.
Bonuchchi esa Barzalining o'zini ham ayblashga tushadi, unga bu jamoadoshi birinchi bo'limda Marseloni bir necha marta o'tkazib yuborgani yoqmagandi.
O'z navbatida Barzali ham jim turmaydi va birinchi gol Bonuchchining xatosidan kelib chiqqanini uning yuziga soladi va futbolchilar mushtlashib ketishiga bir baxya qoladi. Allegri bir amallab mushtlashuvning oldini oladi.
«Bu jamoa bilan boshqa o'ynamayman. Endi mensiz davom etadi». Bu Bonuchchining ikkinchi bo'limga chiqish oldidagi fikrlari edi. «Yuventus» keyin hech narsa qila olmadi va «Real» raqib darvozasini 3 marta ishg'ol qilib, turnir g'olibiga aylandi.
Bu hodisada yana bir vaziyat bo'lgan. Unga ko'ra, o'yindan oldin Allegri Alvesdan YeChLning bir necha bor g'olibi sifatida ishtiyoq uyg'otuvchi nutq so'zlashni so'ragan. Braziliyalik futbolchi so'zini boshlaganida Dibala uni tinglamay, telefonini o'ynab, musiqa tinglab o'tgan. Braziliyalik futbolchi buning uchun uni qattiq jazolagan: telefonini tortib olib, devorga otib sindirgan.
Yakunda turinliklar jamoasi ikki futbolchisidan qutulishga to'g'ri kelgan. Avvalroq 35 yoshli Alves erkin agent maqomida Parijga yo'l olgandi.
Bonuchchining transferidan esa turinliklar 40 million yevroga yaqin mablag' ishlab olishdi.
. WapUsta
16.07.2017 / 22:07
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: