LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:10
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
21 yoshli Ali, AQSh saylovlarida g'alaba qozongani haqida: "Bu qarshilik ko'rsatishdir"
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 11:55 / KO'RILDI: 20

Amerika Qo'shma Shtatlarida oraliq Kongress saylovlari bo'lib o'tdi va butun dunyo hijobdagi birinchi muslima ayolni Amerika qonun chiqaruvchi kengashiga saylangani haqida bilib oldi.

Biroq bu, o'sha kuni, musulmonlarning yagona g'alabasi bo'lmagan - seshanba kuni mahalliy va mintaqaviy saylovlar bo'lib o'tib, unda diniy ozchilik a'zolari ham muvaffaqiyatga erishgan edi.

Nyu-Jersi shtatida boshqaruv kengashi a'zoligi va shahar hokimi vazifasini bajarishga o'z nomzodlarini ko'rsatgan 20 nafardan ortiq musulmonlarning, 11 nafari ovoz berish natijalariga ko'ra g'alab qozongan.

Xususan, Jersi Siti shahrilik 21 yoshli Mussab Ali ta'lim bo'yicha shahar kengashiga saylandi, deya xabar beradi IslamNews bevosita North Jerseyga tayangan holda.

Hali juda ham yosh bo'lgan amaldor, siyosatga kirishishga qaror qilish sabablari haqida gapirib berdi. "Men uchun bu qarshilik ko'rsatishdir. Hukumatning oliy darajadagi bir a'zosi islomofobiyani yaratmoqda va maqsadiga muvofiq ravishda mening jamiyatimdagi musulmonlarga hujum qilmoqda, bu esa meni qarshi turishga va ular bilan munosib kurashadigan kishiga aylanishimga sabab bo'ldi" -deydi Ali.

Manba: ufq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!