LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:16
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
U barchasini kitob sotishdan boshladi, hozir sayyoraning eng boy odami
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 11:45 / KO'RILDI: 66

30 yoshida Jeff Bezos Uoll-stritdagi serdaromad ishini tashlab, kitoblar savdosi bilan shug'ullana boshladi. Bugun u – sayyoradagi badavlat odam va mediamagnat.Relentless kompaniyasi haqida eshitganmisiz? Qiziq tarjima qilinganida “shafqatsiz” ma'nosini beradigan nomga ega tashkilot nima bilan shug'ullanishi mumkin. Hayron qolasiz, biroq bu kompaniyani bilasiz. Brauzeringizga relentless.com deb yozing. Bu korporatsiya egasini tanishingiz aniq. Bu Jeff Bezos – dunyodagi badavlat odam va Amazon onlayn kompaniyasining asoschisi.

Bezos 1964 yilda Nyu-Meksiko shtatida tug'ilgan. Uning onasi bor-yo'g'i 17 yoshda edi. To'rt yildan so'ng u Jeffning otasi bilan ajrashib, tez orada Mayk Bezosga turmushga chiqadi. Mayk Bezos kichik Jeffriga o'z familiyasini berdi.

Maktabda Bezos a'lochi o'quvchilardan edi. Uni tugatib, Prinstonga o'qishga kirdi. Dastlab fizikaga qiziqardi, biroq tez orada informatika va injiniring uni o'ziga jalb etdi. Institutni tugatib, Bezos Uoll-stritda ishlay boshladi. U erda o'zining bo'lajak rafiqasi, Prinston bitiruvchisini uchratdi. Makkenzi Bezos Prinstonda adabiyotni o'rganardi. Uning sevimli kitoblaridan biri – Kadzuo Isiguroning “Kunning yakuni” asari Amazon top-menejerlariga o'qish uchun tavsiya etiladi.30 yoshida Jeff ishdan ketdi va Vashington shtatidagi Sietl shahriga ko'chib o'tdi. U erda o'z biznesini ochishga qaror qildi.

Keyin nima bo'lgani hammangizga ayon. Amazon kompaniyasining boshqa kompaniyalardan ustunlik jihatlari bor edi. Kompaniya kitoblarni raqobatchilariga qaraganda arzonroq sotardi. Uning muvaffaqiyat siri nimada? Barcha xaridlar internet orqali amalga oshirilishida. Dastlab kompaniya juda sirli edi. Hech kim unda nechta xodim ishlashi, omborxonalari qaerda joylashganini bilmas edi. Vaqt o'tishi bilan kompaniya ham, Bezos ham omma orasida mashhurlikka erishdi.

O'tgan yili Amazon kompaniyasi mahsulotlar riteyli bozoriga kirish maqsadida Whole Foods oziq-ovqat tarmog'ini 13,7 mlrd dollarga sotib oldi. Mijozlar xulq-atvorini tahlil qilishga qurilgan kompaniya uchun taomlarni xush ko'rish borasidagi ma'lumotlar alohida qimmatga ega. Bundan tashqari, mahsulotlarni sotish ham qiyin emas.Amazon kapitalizatsiyasi 1 trln dollarga yaqinlashgani sayin Jeff Bezos “soyaga o'tish”ni boshladi. Xususiy kosmonavtika loyihasi Blue Origin’ga juda jiddiy qaraydi. Fazoviy loyihalardan chalg'imaslik uchun Amazonning riteyldagi loyihalari boshqaruvini o'zga kishilarga ishonib topshirgan.

Manba: xabardor.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!