Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o'tkazmoqda
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 23:00 / KO'RILDI: 21

Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Toshkent viloyatida sayyor qabullar o'tkazmoqda. Xususan, joriy yilning 13 may kuni Bekabod shahardagi Majburiy ijro byurosi bo'limi binosida viloyatning Bekabod, Bo'ka, Nurafshon va O'rta-chirchiq tumanlari hamda Bekobod shahar aholisini, shuningdek 14 may kuni esa Ohangaron tumanida Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlari, Piskent hamda Ohangaron tumanlari aholisini qabul qildi. Uchrashuvlarda Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Tadbirlar davomida, aholi tomonidan o'zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko'rilib, mas'ul xodimlar ishtirokida nazoratga olinmoqda. Byuro direktori B.B.Qudratxodjaevning Toshkent viloyatidagi sayyor qabullari 17 may kuni Bo'stonliq tumani hamda 18 may kuni Yangiyo'l shahrida davom ettiriladi.

Manba: zamin. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!