Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
O'zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o'tkaziladi (Video)
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 22:20 / KO'RILDI: 18

O'zbekiston Mudofaa vazirligiqo'shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25-26 may kunlari Hech bir ijobiy g'oya e'tibordan chetda qolmaydi shiori ostida TECHNO DISCOVERY-2019 festivali o'tkaziladi.

Toshkent harbiy okrugining Chirchiq umumqo'shin dala o'quv maydonidabo'lib o'tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlariloyihalari bilan ishtirok etadi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo'ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.

Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to'liq ma'lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-mesenjeriga yuborilishi so'raladi.

Manba: darakchi. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!