Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
Ukraina Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 22:00 / KO'RILDI: 103

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar ro'yxatini kengaytirdi.

Bu safar ro'yxatga o'g'it, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, transport, tsement, fanera kiritildi. Bundan tashqari, Kiev Rossiyadan olib kiriladigan mahsulotlarga maxsus bojlarni joriy etadi.

Bosh vazir o'rinbosari Stepan Kubivning so'zlariga ko'ra, yangi bojlar 1 avgustdan amal qilishni boshlaydi.

Ukraina iqtisodiyot vazirligida ta'kidlanishicha, bu chora ko'mir, koks, benzin, suyultirilgan gaz va farmatsevtikadan tashqari barcha tovarlarga ta'sir qiladi.

Moskva va Kiev o'rtasidagi muloqot Ukrainada davlat to'ntarishi, Qrimni Rossiya tomonidan bosib olinishi va Donbassda qarama-qarshiliklar boshlangandan so'ng yomonlashdi.

2015 yil yanvarda Ukraina Rossiyani agressor-mamlakat deb tan oldi. Dekabr oyida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi kelib chiqishi Rossiya bo'lgan tovarlarni Ukraina bojxona hududiga olib kirishni taqiqlash to'g'risida qarorni qabul qildi. O'sha vaqtda Kiev 43 ta tovardan iborat ro'yxatni tasdiqladi, keyinchalik uni 70 taga kengaytirdi.

2019 yil 10 aprelda yana bir qaror qabul qilinib, ro'yxat sezilarli darajada to'ldirildi.

Manba: sof. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!