Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
O'zbekistonda yilning eng yaxshi hamshiralari aniqlandi
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 21:50 / KO'RILDI: 19

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Hamshira 2019 respublika ko'rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi. Bu haqda Daryo ga Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

An'aviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan mazkur tanlov Sog'liqni saqlash vazirligi, Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va Hamshiralar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida g'olib bo'lgan 14 nafar hamshira o'zaro bellashdi.

O'tgan yillardan farqli ravishda bu yil tanlovni o'tkazish tartibi, baholash mezonlari yanada takomillashdi. Asosiy e'tibor hamshiralarning bilimi, intellektual va kasbiy salohiyatiga qaratiladigan bo'ldi. Shuningdek, ishtirokchilarning tibbiyot bilan birga mamlakatdagi siyosiy jarayonlar, sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarga daxldorlik tuyg'usi, faol fuqarolik pozitsiyasi baholashning muhim mezonlaridan etib belgilandi.

Tanlov natijalariga ko'ra Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo'limi xirurgiya posti navbatchi hamshirasi Dilafro'z Pattaeva birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Farg'ona viloyati perinatal markazi qabulxona bo'limi katta doyasi Zuhraxon Haydarova ikkinchi, Jizzax viloyati Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi homiladorlar patologiyasi bo'limi muolaja hamshirasi Sarvinoz Qo'shboqova uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.

G'oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.

Ma'lumot uchun, Hamshira 2019 tanlovi g'oliblari tibbiyot oliy o'quv yurtlariga imtiyozli asosda o'qishga qabul qilinishi belgilangan.

Manba: daryo. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!