Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Samsung o'z rekordini yangiladi: Galaxy A smartfonlari zo'r ketyapti!
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 21:30 / KO'RILDI: 37

Bundan roppa-rosa bir oy avval Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumi smartfonlarining Hindistondagi rekordini e'lon qilgan edi. Dastlabki 40 kun ichidayoq ulardan ikki milliontasi sotilgan va ulardan 500 million dollarlik savdo qilingan bu esa mazkur sohadagi barcha brendlar o'rtasidagi rekorddir.

Oradan yana bir oy o'tib ham fillar mamlakati da Galaxy A smartfonlariga bo'lgan talab pasaygani yo'q. Aksincha, Samsung navbatdagi rekordni e'lon qildi: 70 kun ichida o'rta narxli turkumdan 5 million dona smartfon sotilibdi. Ular birgalikda janubiy koreyalik kompani uchun jami 1 milliard dollarlik savdoni ta'minlab bergan.

Samsung yangilangan Galaxy A seriyasidagi smartfonlarning Hindistondagi savdosini yil oxirigacha 4 milliard dollarga etkazmoqchi. Agarda narxlar hozirgi holatida bo'lib tursa, bu yil so'ngigacha taxminan 20 million smartfon sotilishi kerak, deganidir.

Manba: terabayt. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!