Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Amerikaliklarga Iroqni tark etishga ko'rsatma berildi
MUHARRIR: WapUsta

15 MAY, 21:15 / KO'RILDI: 23

AQSh davlat departamenti operativ ishlarda ishlamaydigan barcha amerikalik davlat xizmatchilarining Iroqni tark etishiga ko'rsatma berdi. Bu haqda AQShning Iroqdagi elchixonasi ma'lum qildi.

Xususan, Bag'doddagi elchixona va Erbildagi konsullik xodimlari ham Iroqni tark etadi. Viza xizmatlari esa vaqtinchalik to'xtatiladi.

Avvalroq AQSh Quroli kuchlari bosh qo'mondonligi Eron tomonidan ehtimoliy tahdid ortgani munosabati bilan Iroq va Suriyada trevoga darajasini oshirgan edi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi kunlarda AQSh va Eron o'rtasidagi taranglik kuchayib bormoqda. Kuni kecha AQSh Eronga qarshilik ko'rsatish maqsadida Yaqin Sharqqa 120 ming askar jo'natishi haqida xabar tarqaldi, biroq prezident Donald Tramp bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmasligini bildirdi.

Manba: azon. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!