LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 17:57
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Sarrining rekordi: «Chelsi» ketma-ket 18 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 10:55 / KO'RILDI: 12

Angliya premer ligasining 12-turida Londonning «Chelsi» klubi o'z maydonida «Everton» bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. «Chelsi» ayni damda 28 ochko (8 ta o'yinda g'alaba qozonib, 4 ta o'yinda durang o'ynadi) bilan APL musobaqa jadvalida uchinchi o'rindan o'rin olgan. Sarri shogirdlari joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 18 ta o'yin o'tkazib, 14 g'alabaga erishdi va 4 o'yinda durang qayd etdi. Jamoa ustozi Mauritsio Sarri APL tarixidagi eng omadli murabbiyga aylandi. Birorta murabbiy Sarri kabi o'zining debyut mavsumida dastlabki 12 turda bunday natija qayd eta olmagandi. Sarri oldinroq Frenk Klark singari 11 ta mag'lubiyatsiz o'yin natijasini qayd etib, rekordni takrorlagandi. Jamoa so'nggi bor 5 avgust sanasida Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Manba: zamin.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!