LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 18:37
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Allohdan umid kesilmas
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 10:45 / KO'RILDI: 20

Ba'zida shunday bo'ladi: Ishlar yuzasidan Allohga tavakkul qilib, maqsadga olib boradigan sabablarni qoim qilishga kirishasiz. Hatto sabablarni mukammal ado qilasiz, eng ta'sirli vositalarni qo'llaysiz, rad etib bo'lmas kishilarni vasila qilasiz, ehtimoliy zaxira choralarni ham ko'rib qo'yasiz. Bunday olib qaraganda, hammasi oson hal bo'ladigandek. Ammo, kutilmaganda, sabablar ustida qilgan hatti-harakatlaringiz zoe bo'ladi, vositayu vasilalaringiz birin ketin chippakka chiqadi, zaxira rejalaringiz ish bermaydi. Ha, shunday bo'ladi.

Ba'zida esa bir maqsadni ko'zlaysizu, ammo u etib bo'lmas, imkonsizdek ko'rinadi. Shu tufaylimikan, Yaratgandan umid ila chin dildan so'raysiz. Harakat qilasizu, sabablariga unchalik jon kuydirmaysiz. Ko'p urinmasangiz ham maqsadingiz hosil bo'ladi. Juda osonlik bilan. Ha, shunday bo'ladi...

Nazarimda, ko'pincha inson bir nuqtada xatoga yo'l qo'yadi. Haqiqiy tavakkul qilishda, Haq taologa suyanishda. Tavakkul qiladiyu, fikru zikri maqsadining sabablarida bo'ladi. Zohiran qaraganda Allohga suyanyapman deb o'ylaydiyu, dili vositalarga bog'lanadi.

Shaksiz, sabablar mukammal ado qilinishi, tadbiru tayyorgarlik to'la-to'kis bo'lishi kerak, balki zarur ham. Lekin suyanish tom ma'noda Allohgagina bo'lishi va sabablardan ustun turishi lozim. Tavakkul bir taraflama yoki chala bo'lmasligi kerak. Tavakkulning moddasi iymondek, unda shubha yoki sherik bo'lishi mumkin emas.

P.S. Bu oddiy, tushunarli haqiqat bo'lib tuyulishi mumkin. Aslida ham shunday, lekin inson ba'zida vaziyat taqozosi bilan, bandalik omili ustun kelib, botinda sabablarga suyanib qo'yadi. Menimcha shunday. Yana to'g'risini Alloh biladi.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!