Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:40
LoginA'zo bo'lish
O'zbekistonda nega bolalar "COVID-19"ga qarshi emlanmayapti?

 4 APREL, 18:55 53

.

Nima uchun bolalar koronavirusga qarshi emlanmaydi? Bu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o'rinbosari Botir Qurbonov javob berdi.

— Koronavirusni yuqtirish holati bolalarda ham uchramoqda, ammo nega ularni emlash tavsiya etilmayapti?

— Bolalar o'rtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan bo'lsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaktsinalardan bolalar o'rtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.

Ayni paytgacha tayyor bo'lgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaktsinalar bilan bolalarni emlash hozircha ko'zda tutilmagan. Shuning uchun 1 apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha bo'lgan bolalarni emlash tavsiya etilmayapti, – deydi Botir Qurbonov.

Aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. O'zbekistonda bugungi kunda 1 million 660 ming doza vaktsina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg'armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaktsinasi, 1 million dozasi — O'zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001  vaktsinasi.

Aholini ushbu vaktsinalar bilan emlash bir paytning o'zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaktsina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o'sha vaktsina bilan yakunlaydi. AstraZeneca vaktsinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasi bilan 3 marotaba emlash ko'zda tutilmoqda. Ya'ni vaktsinatsiya ikki xil vaktsinada ikki xil amalga oshiriladi 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™