Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:20
LoginA'zo bo'lish
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin

 4 APREL, 18:40 104

.

Ma'lumki, hayvonot va o'simlik dunyosidan foydalanish jarayonida qonun buzilish holatlari ko'plab kuzatilmoqda. Buni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo'layotgan holatlardan ham bilish mumkin.

«O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi bilan mana shunday beshafqat munosabatlarni tartibga soluvchi me'yorlar belgilanmoqda. Bu haqida O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

"Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 111-moddasiga taklif etilayotgan o'zgartirishlarga muvofiq, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun jarimalar miqdorini keskin oshirish hamda ayrim hollarda ma'muriy qamoqqa olish tarzidagi javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 202-moddasiga taklif etilayotgan qo'shimchaga muvofiq, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lganlik uchun hayvonlar o'limi yoki mayib bo'lishiga sabab bo'ladigan harakatlar ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, bunday holatlarda jinoiy javobgarlik choralarini belgilash ko'zda tutilmoqda.

O'zbekiston Ekologik partiyasi o'z navbatida fuqarolar va mansabdor shaxslarni atrof-muhitni muhofaza qilish, hayvonot va o'simlik dunyosidan oqilona foydalanish hamda hayvonlarga nisbatan munosabatni yaxshilashga chaqiradi va bu boradagi amaliy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi" deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™