LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 20:28
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qulupnaylar ichiga igna yashirishda gumon qilinayotgan ayol 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinish
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 07:05 / KO'RILDI: 46

Avstraliyada mahalliy do'konlarda sotilgan qulupnaylar ichiga tikuv mashinasi ignasini yashirishda gumon qilinayotgan 50 yoshli Mi Ut Trinx qo'lga olindi. Brisben magistr sudi uning garov puli evaziga qo'yib yuborishni rad etdi va 22 noyabrda bo'lib o'tadigan eshituvgacha uni nazorat ostida qoldirdi, deya xabar beradi ABC.

Viktoriya shtatidagi qulupnay qutisida Trinxning DNKsi aniqlangan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, gumondor Berrylicious fermasida supervayzer bo'lib ishlagan. Trinxning advokati ta'kidlashicha, qulupnaylarni qadoqlash ayolning vazifasiga kirmagan.

Ayolga mahsulotlarga qasddan ziyon etkazish bilan bog'liq etti epizod bo'yicha ayblov qo'yilgan, zero voqea iqtisodiy yo'qotishlarni keltirib chiqargan. Gumondorga 10 yilgacha qamoq jazosi belgilanashi mumkin. Tergov ishi hozircha yakunlanmagan.

Sudda qayd etilishicha, Trinx taxminan ish joyidagi vaziyatga qasddan va jahl qilib shunday yo'l tutgan, deyiladi The Guardian nashrida. CNN ma'lumotlariga ko'ra, ayol hamkasblari tomonidan yomon munosabatdan shikoyat qilgan va qasos ehtimoli haqida gapirgan.

Avstraliya politsiyasi baholariga ko'ra, politsiyaga qulupnaylarda igna topilishi bilan bog'liq 230 shikoyat kelib tushgan. Voqealar 69 mahalliy brendni ham o'z ichiga oldi.

Bundan avval sentyabr oyidan avstraliyaliklar qulupnaylar ichiga yashiringan tikuv mashinasi ignalarini topa boshlashgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek Yangi Zelandiyada ham Avstraliyadan etkazilgan qulupnay partiyalarida ignalar aniqlangan. OAVda mahalliy aholi o'rtasida vahima ko'tarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!