LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 03:57
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbekiston iqtisodini dollarga tobelikdan qanday saqlash mumkin?
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:55 / KO'RILDI: 111

 Xalqaro valyuta fondi vakili Yuxa Kaxkonen O'zbekiston iqtisodining "dollarlashuvi" darajasini qanday pasaytirish mumkinligi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kaxkonenning ta'kidiga ko'ra, Markaziy Osiyo mintaqasining aksariyat mamlakatlari iqtisodida "dollarlashuv" darajasi yuqori. Ammo dollarga tobelikni pasaytirish mumkin. Buning uchun milliy valyutaga bo'lgan ishonchni orttirish talab etiladi.

Kaxkonen Markaziy bank bu borada salmoqli ishni amalga oshirishi mumkinligini qayd etdi.

"... misol uchun - rezervlarni ko'paytirish, rezervlar bo'yicha chet el valyutasiga bo'lgan talablarni kuchaytirish kerak. Lekin aholi va investorlarda mahalliy valyutaga ishonch bo'lishi juda muhim", - dedi u. 

XVF vakiliga ko'ra, Markaziy bank milliy valyutaga bo'lgan ishonchni ijobiy tomonga o'zgartirishi uchun u inflyatsiya darajasini nazoratda ushlab tura olishini ko'rsatishi kerak. 

"Yil davomida - boshida va oxirida, qolaversa, yildan yilga inflyatsiya kutilgan prognoz ko'rsatkichlariga mos bo'lsa iste'molchilar yoki biznes strukturalarda kredit olishda yoki jamg'arma ochishda chet el valyutasidan foydalanishlari uchun sabablar kamayadi", - deb ta'kidladi Kaxkonen. 

Shu bilan birga, Kaxkonen O'zbekistonda narxlar liberallashuvi jarayoni kechayotgani tufayli ma'lum vaqt inflyatsiyani bitta raqam darajasiga olib kelish qiyin bo'lishini qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Toshkentda 9 noyabr kuni XVF departamenti direktori o'rinbosari Yuxa Kaxkonen "Mintaqaviy iqtisod tahlili" dokladi bilan chiqish qildi. Kaxkonen O'zbekiston Hukumatining soliq sohasida va davlat korxonalarini isloh qilish bo'yicha amalga oshirayotgan ishlariga, shuningdek, narxlarni liberallashtirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlariga ijobiy baho berdi. 

Xalqaro valyuta fondi ma'lumotiga ko'ra, 2018 yilda O'zbekistonda inflyatsiya 19,2 %, 2019 yil esa 14,9 % darajasida kutilmoqda. Markaziy bank raisi o'rinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018 yil yakunida inflyatsiya darajasi 16-17 % va 2019 yilda 13-15 % bo'lishini prognoz qildi.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!