LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:55
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
O'zbek va koreys xalqining an'analari mujassamlashgan ko'rgazma
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 05:50 / KO'RILDI: 11

O'zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko'rgazmalar zalida akademik Nikolay Shin tavvaludining 90 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazmaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Nikolay Shin 1928 yil Uzoq Sharqda Naxodkadan uncha uzoq bo'lmagan Tudim posyolkasida tug'ilgan. 1937 yili koreyslarning ommaviy ko'chirilishi davrida Nikolay Shin O'zbekistonga keladi. Bo'lajak rassom 1944-1948 yillarda P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida o'qiydi. Keyinchalik 1954-1960 yillarda Toshkent Teatr va rassomlik institutida tahsil oladi. Shinning yoshlik yillari va shakllanish davri Ikkinchi jahon urush yillari oxirlariga to'g'ri kelgan. Rassomning nuqtai nazarida, uning rangtasvir asarlari sharq ideografiyasi ta'sirida, badiiy uyg'unlikka hurmati genetik meros hisoblangan. Buddizmdagi sokinlik va dunyoviy san'atga mansublik hissini namoyish etadi. Rassomning zamondoshlari davrida sayohatlarga chiqish va “nosovet” rassomlari bilan aloqada bo'lish imkoniyati bo'lmagan. Ularga Renesansdan to impressionizmgacha bo'lgan klassik an'analarda ta'lim berilgan. 1957 yil Moskvada bo'lib o'tgan Xalqaro yoshlar va talabalar festivali Nikolay Shinga birinchi va bosh mukofotni taqdim etdi. Evropalik zamonaviy rassomlar uning ijodi bilan tanishdilar. Rassomning murosasiz shaxsiy badiiy manerasi – “yarim ton emas”, balki butun va kontrast ranglarda shakllandi. U ijodida o'ziga xos badiiy mazmunni shakllantirib evropa an'anaviy rangtasvirida mujassam etdi. N.Shin 20 yildan ortiq vaqt davomida “Sevgi afsonasi” va “Rekviem. Xotira yo'li” rangtasvir turkumi ustida ijod qiladi. U o'z chizgilarida sharq mumtoz she'riyati, ma'naviy go'zallik va muhabbat mavzularida rangning sezilar-sezilmasligi yoki cho'g'dek yonishi, ba'zan quvonchli, yorqin koloriti, ba'zida esa to'q, deyarli monoxrom – tasvirni shakllantirib g'oyani ifodalab beradi. Xuddi shu mavzu “Rekviem. Xotira yo'li” turkumi ramziy – metaforik obrazlar orqali, stalinizm davrini boshdan kechirgan koreys xalqining fojeali taqdirini chuqur ochib beradi. Turkumda 150 ga yaqin asar mavzusi turli ko'z qarashlarda ifodalagan. Bu asarlarda yaxlitlik va mahobatlilik fazilatlari mavjud. Rassom shartlilikka va shakllarning ekspressiyasiga e'tibor qaratadi. Ranglarning nafisligi kuchli emotsional ta'sir ko'rsatadi. N.Shin – romantik va abstrakt yo'nalishda ijod qilgan rassom. Uning so'nggi yillardagi asarlari belgili shakllarga asoslangan bo'lib kuchli ijobiy zaryadga ega. Yorqin ifodali abstrakt rangtasvir orqali N.Shin insonlar ongida murakkab ifodali tasavvur qoldiradi. Uning asarlari rassomning boy tasavvurida belgilar, rang, shakllarda barhayotdir. Ko'rgazmada namoyish etilgan “So'qoq” turkumi – “Marvarid So'qoq madhiyasi” rassomning sara asarlardan biri hisoblanadi. Asar 1985 yilda boshlagan bo'lib, o'zbek va koreys xalqlarining an'anaviy xalq dekorativ amaliy san'ati asosida yaratilgan. Ushbu turkumdagi asarlarda rassom soddalashtirilgan shartli shakllarga murojaat qilgan, uning manbalari an'anaviy plastika, milliy matolar va kashtalarning naqshlarida ko'rish mumkin. Manba: uza.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!