Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 08:01
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Chocolate Slim Ozish uchun tabiiy kompleks
Xorijga chiqish pasporti joriy etilsa, ushbu hujjat qachondan beriladi?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli farmoni bilan tasdiqlangan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturiga muvofiq, Ichki ishlar vazirligiga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da tegishli vazirlik hamda idoralar bilan chiqish va kirish tizimini takomillashtirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazifasi topshirilgan. U xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish tartibini bekor qilishni nazarda tutadi, deb xabar bermoqda O'zbekiston IIV matbuot xizmati.
Yuqoridagi normativ hujjatlar, shuningdek, mamlakatda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish bo'yicha ikki yillik stikerning bekor qilinishining bir qismi bo'yicha, chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda mamlakat aholisiga qulay sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar BMTning inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Hussayn tomonidan O'zbekiston Respublikasiga joriy yilning may oyida amalga oshirilgan tashrif davomida ijobiy baholandi.
2017 yilning 5 iyul kuni Milliy teleradiokompaniya Media-markazidagi xalqaro press-klub sessiyasida tashqi ishlar vaziri A.Komilovning O'zbekiston Respublikasi xorijiy muassasalari va vazirlik hamda idoralari rasmiy vakillari ishtirokida videokonferensiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirga jamoat, milliy va xorijiy OAV vakillari taklif etildi. Tadbir davomida tashqi ishlar vaziriga ko'plab savollar berildi, ular orasida xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi stiker rasmiylashtirishni bekor qilish bilan bog'liq masalalar ham bor edi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi fuqarolaridan virtual qabulxona, TIVning elektron manzili va messenjyer sahifalariga kelib tushgan murojaatlari tahlili ham xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi ikki yillik stikerni bekor qilish masalasini ishlab chiqish zarurligini ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublika Prezidentining 2017 yilning 11 iyuldagi PQ-3126 sonli qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Aloqa va axborot kommunakatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga bir oylik muddatda respublikada xorijga chiqish pasportini joriy etish bo'yicha asoslangan takliflar kiritish vazifasi yuklandi. Ularda aniq bosqichlar, muddatlar, texnik shartlar va moliyaviy xarajatlar belgilab qo'yilgani bo'lishi lozim.
Ushbu masalani o'z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida ayni damda maxsus idoralararo ishchi guruhi tashkil etildi, u tomonidan respublikada xorijga chiqish pasportini joriy etish masalasi jiddiy ishlab chiqilmoqda.
Ta`kidlab o'tish joizki, respublikada xorijga chiqish pasportini joriy etish bo'yicha ijobiy qaror qabul qilinadigan bo'lsa, ushbu hujjatni 2019 yildan boshlab, bosqichma-bosqich berish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi biometrik pasport O'zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo'lib qoladi.
Xorijdagi amaldagi biometrik pasportga ega bo'lgan shaxslar uchun ushbu hujjatni mamlakat tashqarisida ishlatish bo'yicha alohida tartib ishlab chiqiladi.
. WapUsta
14.07.2017 / 07:46
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: