LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:21
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Terrorchiga qarshilik ko'rsatgan boshpanasiz erkakka 130 ming dollar yig'ib berildi
MUHARRIR: wapusta

13 NOYABR, 04:35 / KO'RILDI: 25

Avstraliyada politsiyachilarga ko'mak ko'rsatib, supermarketda ishlatiluvchi aravacha yordamida terrorchi0ni ushlashda yordam bergan boshpanasiz erkakka katta miqdorda pul yig'ib berildi.  

Gap Melburnda 9 noyabrda sodir etilgan terakt haqida bormoqda. O'shanda 30 yoshli, Hasan Xalif Sherali ismli erkak savdo markazi binosiga gaz ballonlari ortilgan avtomobilda bostirib kirib, yong'in chiqargan va odamlarga pichoq bilan hujum qilgan. Hujum oqibatida bir kishi halok bo'lgan. Terrorchi politsiyachilar tomonidan bartaraf etilgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o'z zimmasiga olgan.

Shahar aholisining e'tiborini jinoyatchini to'xtatishga uringan erkak tortgan. Voqea joyidan olingan videoda erkak aravacha yordamida terrorchining yo'lini to'sib, unga qochib ketishga yo'l bermaganini ko'rish mumkin bo'lgan.

Aniqlanishicha, jinoyatchiga to'sqinlik qilgan shaxs Maykl Rojers ismli, 46 yoshli uysiz erkak bo'lib, u savdo markazi yonidagi ko'chada yashagan. Mahalliy xayriya jamg'armasi erkakka minnatdorlik sifatida mablag' yig'a boshlagan va hozirga kelib Rojers uchun 130 ming dollar yig'ishga muvaffaq bo'lingan. 

Erkakning o'zi esa bir g'oyibona kuch ta'sirida harakat qilgani va aravachani yonida turgani uchun olganini aytgan. Erkak ijtimoiy tarmoqlarda “Aravacha odam” deb atala ham boshlangan.

Rojers pulni olishdan avval uni to'g'ri maqsadda qo'llash uchun moliyaviy savodxonlikdan saboq olishiga to'g'ri keladi, chunki, ehtimol, u hayotida bunday katta pulni ko'rmagan bo'lishi mumkin, deb aytgan xayriya tashkiloti rahbari. 

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!