LOGOTIPE
Xayirli tun, Mehmon!
Soat: 00:48
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Rossiyada migrantlarni soxta registratsiyadan o'tkazganlik uchun jinoiy jazo joriy etildi
MUHARRIR: wapusta

12 NOYABR, 22:05 / KO'RILDI: 10

Rossiya prezidenti  Vladimir Putin xorijliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni soxta migratsion ro'yxatga qo'yganlik uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi qonunni imzoladi.

Mazkur hujjat loyihasi o'tgan yilning oktyabrida davlat dumasi tomonidan qabul qilingan va federatsiya kengashi tomonidan ma'qullangandi.

Hujjatga ko'ra, Rossiyada xorijliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni soxta migratsion ro'yxatga qo'yish 100 mingdan 500 ming rublgacha jarima yoki tegishli lavozimni egallash yoxud tegishli faoliyati bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilingan holda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu yilning yozida esa Rossiyadagi migratsion qonunchilikka yangi o'zgartirishlar kiritilgan, unga ko'ra, xorijlik fuqarolarni ish joyiga migratsion ro'yxatga qo'yish taqiqlangandi.

Ilgari migrantlarni xonadonga ham, ish joyiga ham rasmiylashtirish mumkin edi. Endilikda bu haqiqatan ham ish joyida yashash holati qayd etilganidagina mumkin bo'ladi. Qonunga amal qilmagan xorijliklar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Manba: kun.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!