Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:52
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Afrikada koronavirusining yana bir yangi turi aniqlandi

 3 APREL, 13:45 102

.

Afrikada koronavirusining yangi turi aniqlandi. Bu haqda Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lum qildi.

Unga ko'ra, yangi versiya birinchi marta Angolaga kelgan Tanzaniya fuqarolari orasida qayd etilgan. Ushbu mutatatsiya hozir Janubiy Afrika Respublikasidagi laboratoriyalarning birida o'rganilmoqda, ammo allaqachon “tashvishga sabab bo'ladi” deyilmoqda, chunki ishlab chiqarilayotgan vaktsinalarning unga qarshi samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Shuningdek, yangi variantning tarqalishi boshlangan bo'lishi mumkin bo'lgan Tanzaniya, o'tgan yilning o'rtalaridan beri COVID-19 bilan kasallanish haqida ma'lumot bermagan. Afrika pandemiyaning “asta-sekin uchinchi to'lqini tomon harakat qilmoqda”, deyiladi xabarlarda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™